Reuters: Eron Rossiyaga 400 ga yaqin ballistik raketalar yetkazib berdi

Reuters: Eron Rossiyaga 400 ga yaqin ballistik raketalar yetkazib berdi

Etkazib beriladigan raketalar orasida “Zolfaghar” raketalari ham bor. Ekspertlarning fikricha, ushbu turdagi raketa 700 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarni Rossiya Federasiyasiga yetkazib berish ikki davlat vakillari o‘rtasidagi kelishuvlarga asoslangan holda yanvar oyidan boshlangan.

"Tehron har qanday davlatga qurol eksport qilish huquqiga ega bo‘lganligi sababli, yetkazib berish hajmi yanada ko‘proq bo‘ladi", — deya ma’lum qilgan nomi oshkor qilinmagan Eron rasmiylaridan biri.

"Oktyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashining Eronning raketa, dron va boshqa texnologiyalarning ayrim turlarini eksport qilishiga qo‘ygan cheklovlari o‘z kuchini yo‘qotdi", deya qayd etadi Reuters.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!