Respublikada hafta o‘rtasida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikada hafta o‘rtasida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-21 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so‘ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antisiklon kirib keladi.

20 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunduzi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarga biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17, kunduzi +17...+22 daraja atrofida bo‘ladi.

21 aprel kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzgi harorat +13...+18 darajagacha pasayadi.

Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprel kunlari shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.

Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.

22 aprel kuni tungi harorat +3...+8 darajagacha pasayadi, kunduzgi harorat esa asta-sekin ko‘tariladi va +17...20 darajagacha bo‘ladi. 23 aprelda esa +22...+25 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!