Rejissyor Sarvar Karimov o‘pishish sahnasi va titrlar tufayli «Milliy TV»ni sudga bermoqchi

A A A
Rejissyor Sarvar Karimov o‘pishish sahnasi va titrlar tufayli «Milliy TV»ni sudga bermoqchi

Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida o‘zbekistonlik rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan film 20 mart kuni «Milliy TV» telekanali orqali efirga uzatildi. Sarvar Karimov efirga uzatilgan filmning eng muhim qismlari — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasi kesib tashlanganidan noroziligini bildirib, bayramdan so‘ng telekanalni sudga berishini ma’lum qildi.

 

Qadrli «Milliy TV» telekanalining ayrim ijodkorlari. Sizlarni ilgari ham unchalik qattiq yaxshi ko‘rmasdim-u, kechagi ishingizdan keyin umuman yomon ko‘rib qoldim. Telekanalingizni butun ijodiy jamoamiz bilan yomon ko‘ramiz. Magazinchi G‘aybulla ham sizlarni yoqtirmaydi, o‘zi aytdi menga.

Kecha, ya’ni 2020 yil 20 mart soat 22:00 da men rejissyorlik qilgan «Sarvqomat dilbarim» filmi telekanalingizda efirga uzatildi. Uyalmasdan, mendan ruxsat so‘ramasdan, bir og‘iz maslahatlashmasdan filmning eng muhim sahnalaridan biri bo‘lmish — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasini kesib tashlabsizlar. Avvalambor, bu sahna syujet uchun o‘ta muhim. Qolaversa, aynan shu sahnada filmning g‘oyasiga xizmat qiluvchi kiyik obrazi ilk bora tomoshabin ko‘z oldida gavdalanardi. Bu kiyik metafora bo‘lib, baxt timsolini o‘zida ifoda etadi. Afsuski, sizlar metafora nima ekanini tushunmasangiz kerak. Aks holda uni kesib, yo‘q qilib tashlashga vijdoningiz yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.

Shu o‘rinda sizlarga savol bermoqchi edim: nahotki odam shu qadar qo‘rqoq bo‘lishi mumkin? Ikki odam kadrda o‘pishsa – musaffo osmonimiz uzilib qaro yerga qulab tushadimi? Yoki o‘zbek o‘pishmaydimi? Yoki bu filmda uydan qochib, ko‘cha-kuyda o‘pishib yurish targ‘ib qilinganmi? Filmni o‘zi ko‘rayotganda mundoq umumiy ma’no-mazmuniga ham ahamiyat berasizlarmi? Yoki aql-u farosatingiz faqatgina asarni alohida-alohida kadr darajasida ko‘rishdan uyog‘iga o‘tmaydimi? Filmning boshida katta qilib 16+ deb yozilgan bo‘lsa, jonivor kechasi 22:00 dan keyin berilayotagan bo‘lsa – nima muammo? Qolaversa, kinoni men tasvirga olganman, «O‘zbekkino» Milliy agentligi badiiy kengashi tasdiqlagan, shu sahnasi bilan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya kinoteatrlari namoyish etgan, festival va tanlovlarda qatnashgan. Shunday ekan, siz nimadan qo‘rqasiz? Gap tegsa – menga tegadi, «O‘zbekkino»ga tegadi-ku! Sizlarga tegmaydi. Tegsa ham, «Ana, rejissyordan so‘ranglar nega bunaqa uyatsiz kino olganini. Bizga «O‘zbekkino» berdi kinoni, biz qo‘ydik», desangiz ham bo‘ladi-ku?! Nega bu qadar qo‘rqoqsiz? Nega bu qadar kalta o‘ylaysiz? Qilayotgan ishingizdan o‘zingiz uyalmaysizmi? Nahotki bir umr qo‘rqib, qaltirab, ikki pullik ishingizdan ayrilib qolish vahimasi bilan yashab, o‘lib ketaverasizlar? Siz ham odamsiz-ku, qul emas. Ongli mavjudotsiz-ku. Miya nimaga berilgan o‘zi? O‘pishish sahnasi «O‘tkan kunlar»da ham, «Shum bola»da ham bor-ku. Yoki bu filmlar ham uyatsizmi? Yoki Chingiz Aytmatov yomon yozuvchimi, uyatsiz, ma’naviyatsiz asarlar yozganmi? Kesmasangiz — dunyo ostin-ustun bo‘lib ketar ekan, men bilan aloqaga chiqib, bir og‘iz maslahatlashsangiz bo‘lmasdimi?

Bundan tashqari Ilyosning «Ilhom» teatrida foye bo‘ylab yurish sahnasini ham kesibsizlar. Chunki devorda rassom Sardor Erkinovning «Metamorfozalar» turkum kartinalari ilingan edi. Yarim yalong‘och erkak va ayollarni ko‘rib, qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz kerak-da. Shu sahna efirdan ketsa – o‘zbek millati parokanda bo‘lib, yoshlarimiz yoppasiga uyatsiz bo‘lib ketadi-ku axir, to‘g‘rimi?

Ammo eng achinarlisi – film yakunidagi titrlarni ham butkul kesib tashlabsizlar. Ya’ni bu bilan film uchun bir yil fidokorona xizmat qilgan yuz kishiga yaqin jamoaning mehnatini sariq chaqaga ilmagansizlar. Ilgari titrni yashin tezligida o‘tkazib yuborardingiz. Bunisiga ko‘nikkan edik. Efir vaqti falon pul, buni biz ham tushunamiz. Ammo yakuniy titrni butkul kesib tashlash – qip-qizil surbetlik emasmi?

Xullas, men sizlardan xafaman va dushanba kuni yaxshi niyat bilan advokat yo‘llab, telekanalingizni sudga beraman. Zora, shu insedentdan keyin qolgan telekanallarimizga ham insof tegib qolar va oz bo‘lsa-da, kinoijodkorlarning mehnatini qadrlashni o‘rganishar. Lekin sizlarni bari-bir yomon ko‘raman. O‘zingizni o‘zingiz ham yomon ko‘rsangiz kerak. Tag‘in bilmadim...

Navro‘z bayrami bilan ham tabriklamayman sizlarni. Sizlar – yomon odamsizlar!

Sarvar Karimov, kinorejissyor

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkino» Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida «Uy kinoteatri» aksiyasini amalga oshirmoqda. «O‘zbekkino» telekanallarga taqdimoti yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 30 ta yangi filmni taqdim etgan. Ular orasida «Sarvqomat dilbarim» «Qo‘qon shamoli», «Avloniy», «Birinchi avgust» va boshqalar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.