"Real"ni boshqarish uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi

"Real"ni boshqarish uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi

"Real" ustozi Karlo Anchelotti mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin. Jamoa uning o‘rniga murabbiy topishga harakat qilmoqda.

Variantlar orasiga argetinalik mutaxassis Marselo Gallardo ham qo‘shildi. Bu haqda sport nashrlari xabar berdi.

47 yoshli murabbiy ayni dam ishsiz yuribdi. U 2014 yildan 2022 yilgacha "River Pleyt" klubini boshqargan va bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Gallardo futbolchilik faoliyatida "Manako" va PSJdek klublarda to‘p surgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!