"Real" Mbappeni qachon sotib olishi ma’lum bo‘ldi

"Real" Mbappeni qachon sotib olishi ma’lum bo‘ldi

"Real" "PSJ" hujumchisi Kilian  Mbappeni qachon sotib olishini aniqlab oldi, deb yozadi "AS".

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" fransiyalik hujumchini 2020 yil yozida xarid qiladi. Hozirda boshqa futbolchilar uchun yaxshigina mablag‘ sarflangani tufayli "Real" Mbappeni sotib olishga urinmaydi. Ammo agar futbolchining o‘zi Madridga ko‘chib o‘tishni astoydil istasa, "Real" muzokara olib borishga tayyor.

Klub prezidenti Florentino Peres "PSJ" rahbariyati bilan ziddiyatga bormoqchi emas. Ma’lumot uchun, Mbappening shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!