“Real” “Manchester Siti” himoyachisini sotib olmoqchi

“Real” “Manchester Siti” himoyachisini sotib olmoqchi

Taniqli insayder Fabrisio Romano xabar qilishicha, “Real Sosyedad” “shaharliklar”ning chap qanot himoyachisi Serxio Gomesni xarid qilmoqchi.
Gomes katta ehtimol yozda jamoani tark etadi. “Real Sosyedad” uni jamoaga o‘tgan mavsum “Arsenal”dan ijara asosida kelgan Kiran Tirni o‘rniga yaxshi variant hisoblamoqda.

Yakunlangan mavsumda ispaniyalik fulbek APLda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib bitta assist qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi va uning transfer narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!