"Real Madrid" yozda ikki futbolchisini sotishga qaror qilgan

"Real Madrid" yozda ikki futbolchisini sotishga qaror qilgan

"Real Madrid" yozda ikki yarim himoyachi bilan xayrlashishi mumkin. Marca nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Dani Sebalyos va Marko Asensioga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan.

Shu munosabat bilan "Real Madrid" kelasi yili tekinga ketmasligi uchun ikkala futbolchini ham transferga qo‘ymoqchi. Asensioga allaqachon Premyer-ligadan davogar bor, "Liverpul" ispaniyalikni sotib olmoqchi.

Marko o‘tgan mavsumda La Liganing 31 ta o‘yinida 10 ta gol urgan. Seballos hisobida 11 ta o‘yin bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!