"Real Madrid" Osimxenning "Napoli"dagi holatini kuzatib bormoqda

Madridning “Real” klubi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olishi mumkin.
Osimxenning neapolliklar jamoasi rahbariyati bilan mojarosi A seriyaning 5-turi doirasidagi «Bolonya»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:0) boshlandi. Klub matbuot xizmati futbolchining penalti so‘ragani, keyin esa gol urmagani aks etgan videoni e’lon qildi. Keyinroq video o‘chirib tashlangan. Futbolchi tomoni ushbu nashr nigeriyalikning obro‘siga putur yetkazishi mumkin deb hisoblamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)