"Real" Madrid derbisida "Atletiko"ga mag‘lub bo‘ldi

"Real" Madrid derbisida "Atletiko"ga mag‘lub bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Atletiko” “Real”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol Ferreyra Karrasko tomonidan kiritildi.

"Atletiko" 64 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. "Real Madrid" 81 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda va chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

"Atletiko" - "Real" - 1:0 (1:0)
Gol: Karrasko, 40 (penaltidan) - 1:0

"Atletiko": Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes, Reynildu (Felipe, 73), Lyorente, Karrasko, Koke, Kondogbia, Korrea (Grizmann, 46), Mateus Kunya.

"Real": Lunin, Valyexo, Militao (Mendi, 68), Nacho, Kroos (Modrich, 68), Kazemiro (Valverde, 61), Kamavinga, Vaskes, Yovich (Vinisius Junior, 61), Asensio, Rodrigo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!