Real hayotdagi Oppog‘oy 101 yoshida vafot etdi (foto)

Real hayotdagi Oppog‘oy 101 yoshida vafot etdi (foto)

Qo‘shma Shtatlarda Uolt Disney studiyasining animasion filmlari qahramonlari uchun prototip bo‘lgan aktrisa, xoreograf va model Mardj Chempion 101 yoshda vafot etdi, deb yozdi “Hollywood Reporter”.

Raqs bo‘yicha murabbiy  Pyer Dyuleyn jurnalistlarga aktrisaning 21 oktyabr, chorshanba kuni vafot etganini ma’lum qildi. O‘limga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

1919 yil 2 sentyabrda Los-Anjelesda xoreograf Ernest Belcher va tadbirkor Gladis Li Baskett xonadonida dunyoga kelgan Mardj Chempion bolalikdan raqsga qiziqqan va 12 yoshida otasining raqs maktabida o‘qituvchiga aylangan. Keyinchalik esa filmlarda rollar ijro eta boshlagan.

Hayoti davomida "Suzuvchi teatr" (1951), "Chiroyli ko‘rinadi" (1952), "Qizni yolg‘iz qoldir" (1953), "Suzuvchi" (1968), "Chigirtka kuni" (1975), "Bu baribir kimning hayoti?" (1981) kabi filmlarida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, u Uolt Disneyning 1937 yilgi "Oppog‘oy va yetti gnom" multfilmi hamda 1940 yilgi "Pinokkio"dagi Moviy Pari qahramonlari uchun prototipga aylanib, mashhurlikka erishgan.

Real hayotdagi Oppog‘oy 101 yoshida vafot etdi (video)

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!