«Real» yetakchilaridan biri Lopetegining darhol ishdan bo‘shatilishini istamoqda

«Real» yetakchilaridan biri Lopetegining darhol ishdan bo‘shatilishini istamoqda

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining iste’fosini xohlamoqda. Uning hisoblashicha, murabbiy «El-Klasiko»ga qadar joyini bo‘shatib qo‘yishi kerak, deb yozadi "tribuna" nashri.

Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli havbek Lopetegining faoliyatidan norozi bo‘lmoqda. U so‘nggi natijalar murabbiy bilan hamkorlik to‘xtatilishi uchun yetarlicha asos bo‘la oladi, degan fikrda. Modrich, shuningdek, «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan bosh murabbiyning almashishi jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» oxirgi 5 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti: 4 o‘yinda imkoniyatni boy bergan klub orada «Atletiko» bilan golsiz durang qayd etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!