Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini rasman yakunladi. Bu haqda OFK qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma’lum qilindi.

Ermatov mazkur marosimda OFK tomonidan Osiyo futboliga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

«17 mavsum davomida OFKda faoliyat yuritish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash menga yorqin xotiralarni berdi.

Men Osiyo futbol oilasining a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi tayoqchani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komil, ular o‘z oldiga eng oliy maqsadlarni qo‘ygan holda, yuqori cho‘qqilar uchun intiladi», — deydi Ermatov.

Ermatov 16 yillik faoliyati mobaynida uchta Jahon Chempionati final bosqichida qatnashdi va unda rekord darajada (11 o‘yin) ko‘p uchrashuvda ishladi. Shuningdek, Ermatov besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga loyiq ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!