Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lganiga munosabat bildirdi

Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lganiga munosabat bildirdi

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani haqidagi voqealarga «Yangiyo‘lliklar TV» dasturida munosabat bildirdi.

«Prezident bo‘lish uchun prezident sohasi vakili degan narsani o‘zi yo‘q. Bu bizning bitta qolip. Ya’ni, hech kim siyosatchi bo‘lib tug‘ilmaydi va siyosatchilar tayyorlaydigan alohida maktab yo‘q. Hayotni o‘zi siyosatga tayyorlaydi insonni. Kasb nuqtai nazaridan qarasangiz, prezidentlar bu har xil kasbdan bo‘ladi, o‘qituvchi bo‘lishi mumkin, quruvchi bo‘lishi mumkin, iqtisodchi bo‘lishi mumkin, baliqchi bo‘lishi mumkin, futbolist, san’atkor… Buni chegarasi yo‘q. Muhimi, o‘sha jamoatchini, xalq shunga ishonib ovozini beradimi yo‘qmi. Gap shunda», — dedi u.

«Nima qilibdi? Yoki nima bizda prezident tayyorlaydigan maktab bormi, faqat shu maktabni kirib o‘qiganlar prezident bo‘lishi kerakmi? Bunaqa talab yo‘q. Endi Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiman degani bu fojia emas. Men xursand bo‘ldim. Vanihoyat, O‘zbekistonda ham qo‘rqmasdan, odamlar men prezident bo‘lishni xoxlayman, nomzodimni qo‘ymoqchiman deb aytishga, ya’ni erkin ayta olish darajasiga yetib kelibmiz. Bu bizning yutug‘imiz emasmi? Kim bo‘lishidan qa’ti nazar, Jahongir Otajonovning o‘rnida boshqa futbolist bo‘lganda ham, sportsmen bo‘ladimi, quruvchi bo‘ladimi, ko‘cha tozalaydigan obodonlashtirish xodimi bo‘lmaydimi menga desa», — deb aytdi deputat.

Rasul Kusherbayev hozirda odamlarning erkin fikr bildira olayotganini va avvallari bunday imkoniyat bo‘lmaganligini ta’kilab o‘tdi.

«Men xursandman odamlar shunday aytganidan. Demak, biz, demokratiya yo‘lida ketyapmiz. Insonlar shu orqali o‘zining fikrini emin-erkin, qo‘rqmasdan bildirishi — bu bizning yutug‘imiz. Biz shu darajaga yetibmiz. Va bu amaldagi prezidentning olib borayotgan siyosatining natijasi. Bunaqa gaplar ilgari qayerda aytilardi? O‘ziga-o‘zi ichida aytardi, hech kim yo‘q joyda hammomda aytardi, yoki burchak-burchalarda sal payt aytsayam „tshsh, tamom“ deb, odamlar qo‘rqardi o‘zidan o‘zi. Bu odam qo‘rqmadi, ochiq aytyapti», — dedi u.

Shu bilan birga Rasul Kusherbayev nomzodlarning saylanish-saylanmasligi, unda odamlarning ovoz berishi, bermasligi ikkinchi masala ekanligini aytib o‘tdi.

«Kerak bo‘lsa 10 ta odam chiqmaydimi, men ham qo‘ymoqchiman deb. Bu umuman jamiyatga foyda. Ya’ni jamiyat demokratlashib, erkinlashib borayapti»,- deya qo‘shimcha qildi deputat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!