Chorvoq suv ombori “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufida bo‘lib, suv omboridagi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash va monitoringini yuritish” MCHJ Bosh mutaxassisi Elbek Temishov aytib o‘tdi.
"2021 yilda “Gidrotexnika inshootlarini baholashva monitoringini yuritish markazi” tashkil etildi. Shu markaz bilan hamkorlikda 2021–2022 yillarda Chorvoq suv ombori gidrotexnika inshootlari uchun xavfsizlik mezonlari ishlab chiqildi. Bugungi kunda suv ombordagi 85% nazorat o‘lchash qurilmalari uchun xavfsizlik ko‘rsatkichlari joriy etildi. Ular 3 ta asosiy ko‘rsatkichdan iborat:
1. Ishchi holat ko‘rsatkichi,
2. M-1 — potensial xavfli holat,
3. M-2 — avariya oldi holati.
Shu ko‘rsatkichlar asosida biz to‘g‘ondagi filtrasiya va deformasiya rejimini kunu-tun to‘liq nazorat qilib kelyapmiz", deydi u.
Mutaxassisga ko‘ra, 2023–2024 yillarda filtrasiya bo‘yicha chuqur instrumental kuzatuvlar, geofizik tadqiqotlar va geodezik o‘lchashlar olib borildi. Ushbu tahlillar asosida “Gidroproyekt” AJ tomonidan filtrasiya suvlarini barqarorlashtirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Natijada 2024 yilda to‘g‘onning chap qanotida sementasiya ishlari amalga oshirildi va 2025 yilda ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga nisbatan filtrasiya suv sarfi 100 litr/sekundga kamaytirildi.
Bugungi kunga kelib Chorvoq suv omborida jahon talablariga javob beradigan ATNT (avtomatlashtirilgan tashxis-nazorat tizimi) barpo etildi. 428 dan ortiq nazorat o‘lchash qurilmasi to‘liq avtomatlashtirildi. Italiyaning “SisGeo” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy datchiklar o‘rnatildi.
Hozirda har bir qurilmadan ma’lumotlar onlayn ravishda kunu-tun kuzatilmoqda. Bu jarayon suv ombori dispetcher markazida,“O‘zbekgidroenergo” AJ vaziyatlar markazida va “Gidrotexmonitoring” MCHJ tahliliy markazida nazorat qilinadi. Eng asosiysi, xavfsizlik mezonlari ushbu onlayn tizimga integrasiya qilingani sababli, gidrotexnika inshootlari holati real vaqtda monitoring qilib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.