Rasman! Vladimir Zelenskiy — Ukraina prezidenti

Rasman! Vladimir Zelenskiy — Ukraina prezidenti

Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy 20 may kuni qasamyod qildi va rasman prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi.

Qasamyod marosimi Kiyev vaqti bilan soat 10 da Oliy rada binosida bo‘lib o‘tdi. Bu borada Oliy rada 16 may kuni qaror qilgan edi.

Zelenskiy inaugurasiyasida 60 ga yaqin davlat vakillari, xususan Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya va Vengriya prezidentlari ishtirok etmoqda. Moskvada inaugurasiya marosimiga taklifnoma olmaganlarini aytishmoqda. O‘zbekistondan marosimda kim ishtirok etgani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Zelenskiy prezident saylovining 21 aprelda o‘tgan ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Petro Poroshenkodan ustun kelgan edi. Zelenskiyga saylovchilarning 73 foizi ovoz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!