Rasman! An’anaviy o‘qish qachondan boshlanishiga oydinlik kiritildi

A A A
Rasman! An’anaviy o‘qish qachondan boshlanishiga oydinlik kiritildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi joriy yilning 23 yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik lisey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!