Ra’no Shodiyeva salomatligida muammolar borligiga ishora qildi

Ra’no Shodiyeva salomatligida muammolar borligiga ishora qildi

El suygan aktrisa Ra’no Shodiyeva salomatligida muammolar borligini aytmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ra’no Shodiyeva bir necha oydan beri Turkiyada davolanmoqda. Aktrisa “Instagram”da salomatligida muammolar borligiga ishora qiluvchi postlar qoldirmoqda.

Xususan, u oktyabr oyida Istanbulda o‘tkazilgan Korkut Ata festivalida Turkiyada bo‘la turib, “ma’lum sabablarga ko‘ra” ishtirok eta olmaganini aytgan.

Shuningdek, oxirgi oilaviy fotosessiyasi aktrisa uchun “sog‘lig‘idagi muammolar” bois oson kechmagan. “Lekin men buni sezdirmadim, aktrisaligim yordam berdi”, deydi Ra’no Shodiyeva.

Sevimli aktrisamizga Allohdan shifo tilab qolamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!