Ramosga Ronaldu harakat qilayotgan klub jiddiy qiziqish bildirmoqda

"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Saudiya Arabistoni yoki AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Ramosning shartnomasi shu yozda tugaydi. Manba bergan xabarga ko‘ra, ispaniyalikning kelajagi Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi "Bavariya" bilan o‘yinlardan so‘ng hal bo‘ladi.
Agar u ketsa, 36 yoshli futbolchi "Real"ning sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o‘tishi mumkin. Shuningdek, MLS jamoalaridan biri variantlardan biri deb ataladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)