Quyultirilgan sutning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Quyultirilgan sutning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Parhezshunos Aleksandra Razarenovaning aytishicha, ko‘pchilikning sevimli shirinligi bo‘lgan quyultirilgan sut - “sgushyonka” agar me’yorda iste’mol qilinsa, salomatlik uchun foydali bo‘lishi mumkin.

“Quyultirilgan sut ishlab chiqarishda- 60 gradusdan ko‘p va uzoq vaqtga qaynatiladi. Bu unda foydali moddalar konsentrasiyasini oshiradi. Masalan, unda kalsiy ko‘p. Yoki, aytaylik, yog‘lar va A, Ye, D vitaminlari tufayli quyultirilgan sut yaxshi hazm bo‘ladi. Undagi fosfor va yog‘li kislotalar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi shifokor.

Qolaversa, uning tarkibida aminokislotalar bor va bu “baxt gormoni” - serotonin moddasini ishlab chiqarishda kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, mutaxassis quyultirilgan sut xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi.

“Albatta, tarkibiga. Bu, shubhasiz, tabiiy sut va shakardan tayyorlangan mahsulot bo‘lishi kerak. Unda quruq sut yoki sut yog‘lari o‘rnini bosuvchi moddalar bo‘lmasligi lozim”, - deya tavsiya qiladi mutaxassis.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazn, qandli diabet, laktoza hazm qila olmaslik holatlarida quyultirilgan sutni iste’mol qilmagan ma’qul.

Quyultirilgan sutni asosiy ovqatdan 20-40 daqiqa o‘tgandan so‘ng desert sifatida iste’mol qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!