«Qo‘yliq–Quruvchilar» yer usti metro yo‘lining 5 ta bekati qurib bitkazildi

«Qo‘yliq–Quruvchilar» yer usti metro yo‘lining 5 ta bekati qurib bitkazildi

2020 yilning avgust oyida Toshkent yer usti metrosining I bosqichi, dekabr oyida esa Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi.

Hozirda Yer usti halqa metro yo‘lining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq–Quruvchilar» qismi qurib bitkazildi. Loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar – Qipchoq» qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Bugun mazkur yo‘nalishlar bo‘ylab poyezdlar texnik harakati sinovdan o‘tkazildi.

Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘nalishlar orasidagi qatnovlar esa 15 daqiqani tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!