Quyi Chirchiqda ikki avtobus to‘qnashdi, qurbon bor
Bugun, 8 noyabr kuni soat 07:15 lar atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" rusumli avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan. Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.