Quvonchli kun: ertaga O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi!

A A A
Quvonchli kun: ertaga O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi!

Shifokorlar har davrning qahramoni hisoblanadi. Dunyo yaralibdiki, insonlarning dardiga darmon bo‘lguvchi ushbu sharafli kasb egalari o‘z qadri va ahamiyatini yo‘qotmagan.

Xususan, hukumatimiz ham shifokorlik kasbining qadrini oshirish yo‘lida bir qator ishlarni amalga oshirgan va amalga oshirib kelmoqda ham. Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yilning 20 iyunida qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yilning 26 avgustida ma’qullangan "O‘zbekiston Respublikasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun ham fikrimizni isbotlaydi. Bu Qonun 2006 yil 12 sentyabrda e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, har noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ya’ni ertaga sharafli kasb sohiblari har doimigidan-da yuksakroq e’tirof etiladigan kun.

Ana shu kun arafasida o‘zbekistonlik shifokor Rinat Abdullayevning yutuqlari bizni yanada quvontirgani shubhasiz. "Xabar.uz" Rinat Abdullayev haqida quyidagi maqolani chop etdi. 

"Polevskoy markaziy shahar shifoxonasining shifokor anesteziolog-reanimatologi Rinat Abdullayev pandemiya boshlangandan beri koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun kurashib kelmoqda. Uning jonbozligi Rossiya ommaviy axborot vositalarida alohida e’tirof etildi.

Rinat Abdullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida dunyoga kelgan. Aslida u fuqaro aviasiyasi uchuvchisi bo‘lishni orzu qilgan, biroq uchuvchilar bilim yurtiga o‘qishga kirish nasib etmagach, Oqto‘ba davlat tibbiyot instituti talabasiga aylangan.

— Tibbiyot sohasini tanlashni menga qarindoshim maslahat bergan. Odamlarni davolash savob ish, ustiga-ustak, qiziqarli soha deb o‘yladim va uning maslahatiga amal qildim. Ota-onam ham shifokor bo‘lishimni xohlashgan, — deydi Rinat Ibragimovich. — Institutga medal sohibi sifatida faqat bitta — kimyo fanidan imtihonni a’loga topshirib kirganman. Olti yil tahsil olib, jarrohlik diplomini oldim.

Rinat Abdullayev tibbiyot institutida o‘qigach, 1995 yil Shimoliy Qozog‘iston, Oriqbaliq qishlog‘ida mehnat faoliyatini boshlaydi. O‘sha paytlarda markaziy tuman shifoxonasida shifokor yetishmagan, ikki yil mobaynida jarroh ham bo‘lmagan. Shu bois yosh do‘xtir nafaqat operasiyalar, balki tug‘uruqlarni qabul qilish, urologik va travmatologik muolajalarni ham olib borgan. Ba’zida elektr uzilishlari sabab operasiyalarni kerosinli chiroqlar ostida bajarishga majbur bo‘lgan.

— Qishda ko‘pincha chiroq bo‘lmasdi. Ba’zan dizel ishlamay qolardi, shunda besh-oltita kerosinli chiroqni yoqib, ularning yorug‘ligi ostida operasiya o‘tkazardik. Bu men uchun juda katta hayot maktabi bo‘ldi, ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deya eslaydi doktor. — Tibbiyot institutida bizga professorlarimiz shunday deyishardi: «Bolalar, katta shaharlarda qolishga harakat qilmanglar, yaxshisi, tuman shifoxonalariga ishlashga boringlar — shunda ko‘p narsalarni o‘rganasizlar». Menda xuddi shunday bo‘ldi. U paytlarda puldan qiynalardik, ikki yillab maosh olmaganman. To‘g‘ri, shifoxona turar joy bilan ta’minlagan.

Ikki yil davlatga ishlab bergach vatandosh shifokorimiz jonajon yurti — O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan va bu yerda tibbiy faoliyatini davom ettirgan. Jarroh bo‘lib ishlagan paytlarida esa shifokor anesteziolog-reanimatologlikka qaytadan o‘qidi.

— Yangi ixtisoslikni egallashimni ustozim, oliy toifali shifokor anesteziolog-reanimatolog Olim Anvarovich Akramov maslahat bergan: «Rinat, bu sohada mutaxassislar yetishmayapti, qaytadan o‘qib olsangiz, afsuslanmaysiz». Men buni ikki-uch oy o‘ylab yurdim va shu qarorga keldim. Qayta tayyorlash Toshkent vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida o‘tdi. 1997 yildan beri anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlab kelyapman va bundan biror marta ham afsuslanmaganman. Reanimatolog ishi — bu, avvalo, katta hajmdagi ma’lumot, bilim degani. Agar ularga ega bo‘lsangiz, bemor hayoti sizning qo‘lingizda bo‘ladi. Bunda ham yurakni, ham o‘pkani nazorat qilish, endokrinologiyani yaxshi tushunish kerak. Aynan shular tufayli reanimasiya meni o‘ziga jalb qildi. Ko‘pchilik jarrohlik birinchi o‘rinda, reanimasiya uning soyasida qolib ketadi, deyishadi. Lekin birorta jarroh o‘z ishini shifokor anesteziolog-reanimatologsiz bajarmaydi. Tez qaror qabul qilish kerak, yurakni ishga tushirib, miya faoliyatini tiklash uchun uch-to‘rt daqiqangiz bo‘ladi. Shu qisqa fursat ichida vaziyatni tahlil qilib, bemorning o‘zini yomon his qilish sababini aniqlashingiz va uni hayotga qaytarishingiz zarur.

2017 yilda Rinat Ibragimovich mehnat faoliyatini Rossiyada davom ettirishga ahd qiladi. Unga turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi hamroh bo‘lishadi. Shifokor uchun bemorning begonasi yo‘q deganlaridek, Rinat Ibragimovich 2018 yildan beri Polevskoy markaziy shahar shifoxonasida faoliyat yuritmoqda. Jarrohlik reanimasiyasida ishlayotgan vatandoshimiz pandemiya boshlangach, Polevskoy markaziy shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limi reanimasiyasiga o‘tkazildi.

— Shu yil mart oyida ta’tilga chiqdim, pandemiya endi zo‘raya boshlagan edi. Dam olishim tugashiga ikki-uch kun qolganda rahbariyat shifokorlar jamoasini kuchaytirish maqsadida meni jarrohlik bo‘limidan yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganini aytishdi. Darrov rozi bo‘ldim. 1 aprel kuni ishga chiqdim. O‘shandan beri shu yerdaman, — dedi shifokor. — Bo‘limdagi koronavirus va pnevmoniya bemorlarining aksariyati 60 yoshdan oshgan kishilar. Ularning ko‘pchiligida hamroh kasalliklari bor, shu bois dard og‘ir kechadi. Ustiga-ustak, aksariyatida qo‘rquv ham bor, ayrimlari vahima qilishadi, umidsizlikka tushishadi... Bunday bemorlarga bir gapni doimiy takrorlayman: «Biz uchtamiz: Men — shifokor, siz — bemor va kasallik. Agar qo‘rqsangiz, tushkunlikka tushsangiz — kasallik sizni o‘z tomoniga og‘dirib oladi va men yolg‘iz qolaman, bir o‘zim uddalay olmayman. Odatda so‘zlarim ta’sir qiladi, bemorlar yuzida tabassum, tuzalishga bo‘lgan umid va xohishni ko‘raman. Har qanday kasallikda bu jihatlar juda muhim. Shuni ta’kidlashni istardimki, shifokorlar ushbu xastalikni hamshiralar va sanitarkalarsiz yenga olishmasdi. Aynan ular kechayu kunduz bemorlar yonida bo‘lishadi, zimmasida katta mas’uliyat bor. Ana shular haqiqiy qahramonlar, ularsiz biz, shifokorlar, hech nima qilolmasdik. Ularga rahmat, chuqur ta’zimdaman.

Ekaterina Batenkova, bolalik va akusherlik bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari (3-sonli stasionar kuratori):

— Rinat Ibragimovich bizda yaqinda ish boshladi, biroq shu fursat ichida uning kasbiy mahoratini baholashga ulgurdik. Bu doktor-reanimatolog bolalar bilan ham, kattalar bilan ham birdek ishlay oladi, bemorlar qarindoshlarining ko‘nglini olishni yaxshi biladi. «Qizil hudud»ga qadar Polevskoy markaziy shahar shifoxonasining birato‘la ikkita maydonchasida ishladi: Stalevarov, 3 hamda Dekabristov, 24.

Tatyana Nikulina, yuqumli kasalliklar bo‘lim boshlig‘i:

— Rinat Ibragimovich ayni muhim pallada, bor-yo‘g‘i ikkita shifokor-reanimatologimiz borligida safimizga kelib qo‘shildi va o‘sha onlardayoq uning yaxshi shifokor ekanligi sezildi. Hamkasblar va bemorlarga xushmuomala, vijdonli, intizomli. Uning navbatchiligida ishlash oson.

Natalya Fedorisheva, 3-sonli stasionar baklaboratoriyasi shifokor-mikrobiologi:

— Rinat Ibragimovich — insofli, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan mutaxassis. Tartibli, qat’iy, hamkasblar orasida o‘z obro‘siga ega inson".

Albatta, yurtimizda Rinat Abdullayevga o‘xshagan o‘z kasbining usta fidoiylari bisyor. Biz tibbiyot xodimlari kuni bilan o‘z kasbining chin fidoiylari bo‘lgan tibbiyot xodimlarini tabriklab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Abduqodir Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

"Манчестер Сити" Англия кубоги чорак финалида "Ливерпуль"ни йирик 4:0 ҳисобида мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.