Quvalik fermer uchun 400 million so‘m miqdorida kredit ajratiladi

Quvalik fermer uchun 400 million so‘m miqdorida kredit ajratiladi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitovning Farg‘ona viloyatidagi uchrashuvlari doirasida Quva tumanida ham bo‘lib, aholi bilan muloqotda bo‘lib, ularning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishdi.

“Yangichek” qishlog‘ida yashovchi Husanboy aka va rafiqasi Barnoxon opalar qariyb 15 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlardan. Ushbu xonadonda 22 sotix yer maydonida ikki yuzdan ortiq turdagi gullar  etishtiriladi. 

Eng muhimi, tadbirkor yetishtirayotgan gullar ichki bozor bilan birga, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga ham eksport qilinadi.

Spiker o‘rinbosari saylovchilar bilan muloqot chog‘ida ushbu xonadonda ham bo‘lib, tadbirkor bilan suhbatlashdi, faoliyatini rivojlantirishda qanday muammolar bo‘lsa, ularni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida, tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirish niyatida yurganini aytib, xalq vakilidan ikki yuz million so‘m miqdorida kredit olishda yordam so‘radi. Partiya yetakchisi shu yerning o‘zida muammo yechimiga kirishib, masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rdi.

Shu kuni Quva tumani “Qoraqum” MFY “Teraktagi” qishlog‘ida yashovchi Hojiakbar Hojimatov xonadonida 20 sotixlik issiqxonada yetishtirilayotgan limonchilik faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkorning aytishicha, u limonchilikdan tashqari mevali va manzarali daraxtlar yetishtirib, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilmoqda. Suhbat va muloqotlar davomida issiqxonadan samarali foydalanish, yurtimizda tomorqachilarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

A.Xaitovning navbatdagi uchrashuvi “Guliston” mahallasida yashovchi Abdusamad Nabiyev xonadonida bo‘lib o‘tdi. Aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmi va turlarini ko‘paytirish, yoshlar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish lozimligi qayd etildi.

Bugun fermerlar qishloqda haqiqiy yer egasi – mulkdor sifatida sabzavot va bog‘dorchilikni rivojlantirish, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va parrandachilik mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxonini to‘ldirish yo‘lida chinakam fidoyilik, tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. El nazariga tushgan, o‘z mehnati va tadbirkorligi bilan iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan fermerlardan biri Kamoliddin Doniyorovdir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitov tumandagi uchrashuvlari doirasida “Xudoyor bog‘i baland” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Tumanda bog‘dorchilik, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish  bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. 

Ochiq muloqotlar davomida fermer xo‘jaligi rahbari K.Doniyorov faoliyatini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishini aytib, “Xalq banki” Farg‘ona viloyat filiali tomonidan 400 mln so‘m miqdorida kredit olishda ko‘mak so‘radi. Bu masala Spiker o‘rinbosari tomonidan nazoratga olinib, hal etishga ko‘maklashildi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!