Qo‘shma Shtatlar Belarusning yadroviy qurollanishini keskin qoraladi

A A A
Qo‘shma Shtatlar Belarusning yadroviy qurollanishini keskin qoraladi

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller 25-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning taktik yadro qurollarining Belarusga o‘tkazilishini keskin qoralashini aytdi.

"Biz ushbu kelishuvni (Belarusda Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylashtirish to‘g‘risida) keskin qoralaymiz, bu biz Rossiya tomonidan ko‘rilayotgan mas’uliyasiz xatti-harakatlarning yana bir namunasidir", dedi Miller jurnalistlarga.

Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar yadroviy kuchlarning tayyorgarligi masalasiga yondashuvini o‘zgartirish uchun asos ko‘rmayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning taktik yadro qurollari allaqachon respublikaga o‘ta boshlaganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!