Qo‘shko‘pir tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini ta’mirlashda talon-torojlik fosh etildi

Qo‘shko‘pir tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini ta’mirlashda talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida, “A.G’.” xususiy korxona va maktab mansabdor shaxslari hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 396,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!