Qo‘shimcha kontrakt uchun pora so‘ragan o‘qituvchi ushlandi

Qo‘shimcha kontrakt uchun pora so‘ragan o‘qituvchi ushlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi bir fuqaroni Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bu xizmati evaziga 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan JKning tegishli moddalari bilanjinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!