Qur’oni Karimning noyob va qadimiy qo‘lyozmalari

Qur’oni Karimning noyob va qadimiy qo‘lyozmalari

Sharja shahridagi Islom sivilizasiyasi muzeyi G‘arbiy Osiyo mintaqasidagi eng muhim muzeylardan biri hisoblanadi. Unda Islom sivilizasiyasi va san’atiga oid asarlar namoyish etiladi. Ushbu muzey asarlari orasida Qur’oni Karimning noyob va qadimiy qo‘lyozmalari o‘rin olgan.

Shuningdek, Sharjadagi Islom sivilizasiyasi muzeyi 2008 yilda ochilgan. Muzeyda Islom madaniyati asarlari va Islom dunyosiga oid 5000 dan ortiq asarlar mavjud. Ushbu ashyolarga kalligrafiya buyumlari, mozaikalar, sopol idishlar, tangalar, kristallar, qo‘lyozmalar, metall buyumlar va ilmiy asboblar kiradi. Muzeyning avvalgi nomi Islom muzeyi deb atalgan.

Muzey yettita yirik galereya va ko‘rgazma maydonlaridan iborat. Ushbu joyning bir qismi turli xil Qur’on qo‘lyozmalari va qadimiy nusxalari ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan.

Xurshid Ma’ruf tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!