DOGE: "AQSh ko‘plab mamlakatlarga, jumladan O‘zbekistonga yordamni bekor qildi"

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio xorijiy davlatlarga ajratiladigan 215 million dollar grantni bekor qildi.
Bu haqda AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Kotib Rubio Davlat departamentining tashqi yordamini diqqat bilan ko‘rib chiqishda davom etmoqda, bugungi kunda umumiy qiymati 215 million dollar bo‘lgan 139 ta befoyda grantni bekor qildi", — deyiladi departament bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Belarus, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Livan, Mavritaniya, Moldova, Tunis va O‘zbekistondagi loyihalar haqida bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Armaniston “Demokratik madaniyatni rivojlantirish” dasturini moliyalashtirish uchun 2 million dollar ajratishi rejalashtirilgan edi.
Dushanba kuni The Washington Post gazetasi qo‘lga kiritilgan hujjatga tayanib, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Davlat departamenti byudjetini deyarli yarmiga qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy Davlat departamenti va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyati uchun 28,4 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda, bu Kongress tomonidan 2025 yil uchun tasdiqlangan mablag‘dan 27 milliard dollar yoki 48 foizga kam.