Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi oshdi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda 2024 yilning o‘tgan davrida 2 trln. So‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizga ko‘p. Yil yakuniga qadar o‘sish 111 foiz bo‘lishi kutilmoqda, - deb xabar qildi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi.

Eng ko‘p o‘sish qurilish oynasida kuzatilgan — 15 mln.m2. Shuningdek gipsokarton — 31,9 mln.m2, sement — 6,4mln.tonna, gulqog‘oz —1,2 mln o‘ram va keramik plitka — 15,7 mln m2 ishlab chiqarilgan.

Daryo o‘zanlarida qum-tosh qazib olish ta’qiqlanganidan so‘ng ushbu materiallar narxi biroz o‘sgan. Portland sement narxi o‘tgan yilga nisbatan 20% arzonlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!