Qurbon hayitning birinchi kunida Isroil bosqinchilari 5 nafar bolani o‘ldirdi

Qurbon hayitning birinchi kunida Isroil bosqinchilari 5 nafar bolani o‘ldirdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 255 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar:

  • Qurbon hayitning birinchi kunida bosqinchilar Burayj va Nusayrat lagerlari, Az-Zaytun hududi va Rafahga hujum qilib, 5 nafar bolani o‘ldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar soni 37337 kishiga yetdi.
  • G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Baytlahm, Yerixo va Qalkiliyaga bostirib kirishdi. 15 dan ortiq falastinlik hibsga olindi.
  • Al-Qassam brigadalari G‘azo bilan chegaradagi aholi punktlariga zarba berdi, shuningdek, Rafah hududida ishg‘ol tanklarini yo‘q qildi. Bosqinchilar 24 soat ichida 12 askarini yo‘qotganini da’vo qilmoqda.
  • Husiylar Qizil dengizda Amerika esminesiga va Isroilga ketayotgan 2 ta savdo kemasiga hujum qildi.
  • Al-Aqso shifoxonasi direktori: "Kasalxonada yaradorlar ko‘p, faqat ularni joylashtirish uchun joyimiz va yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlarimiz yo‘q".
  • Ishg‘ol kuchlari Rafah nazorat-o‘tkazish punktidagi kutish zali binosini to‘liq yoqib yubordi.
  • Bayden maslahatchisi Livan bilan vaziyat keskinlashmasligi uchun Isroilga tashrif buyurdi.
  • BMT: "50 000 G‘azo bolalari to‘yib ovqatlanmayotgani sababli shoshilinch davolanishga muhtoj".
  • Bayden: "G‘azoda juda ko‘p begunoh odamlar, jumladan, minglab bolalar o‘ldirilayotganini bilamiz".

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!