Qo‘qon shahrida tilla-taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Qo‘qon shahrida tilla-taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

N.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 17 aprel kuni noma’lum shaxs Tadbirkorlar ko‘chasida umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik bir juft tilla zirak va bir dona tilla uzuklarini sotishda yordam berishligini pulini ikki kun muddat ichida olib kelib berishligini yolg‘ondan aytib, tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.S. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan. Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!