Qo‘ng‘irot – Nukus – Xiva yo‘nalishida har yakshanba kuni yo‘lovchi poyezdlari qatnovi amalga oshriladi

Qo‘ng‘irot – Nukus – Xiva yo‘nalishida har yakshanba kuni yo‘lovchi poyezdlari qatnovi amalga oshriladi

 Fuqarolarning dam olish kunlarida sayohatga borishlari uchun yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 4 apreldan boshlab,  “Qo‘ng‘irot – Nukus – Xiva” yo‘nalishida haftaning yakshanba kunlari 604/603-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

▫️ Qo‘ng‘irot Xiva yo‘nalishida qatnovini boshlaydigan 604-sonli shaharlararo poyezdi soat 03:54 da Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalidan 

▫️Xiva – Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qatnovini boshlaydigan 603- sonli shaharlararo poyezdi soat 16:45 da Xiva temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi. 

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami,  joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!