Qozog‘istonning ayrim davlatlardagi elchilari o‘zgardi

Qozog‘istonning ayrim davlatlardagi elchilari o‘zgardi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tizimida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Davlat rahbarining farmoni bilan:

Madiyar Smadiluli Menilbekov Qozog‘iston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Qozog‘iston Respublikasining Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlandi, u Qozog‘iston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etildi;

Najmedin Muxametaliuli Qozog‘iston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi, u Qozog‘iston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etildi;

Aydarbek Anuarbekuli Tumatov Qozog‘iston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi, u Qozog‘iston Respublikasining Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi va Qozog‘iston Respublikasining Iroq Respublikasi, Falastin Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimlaridan ozod etildi;

Qozog‘iston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shaxrat Shakizatuli Nurishev Qozog‘iston Respublikasining Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Berik Saqbayuli Arin Qozog‘iston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Qozog‘iston Respublikasining Islom hamkorlik tashkilotidagi Doimiy vakili, Qozog‘iston Respublikasi Bahrayn Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimlaridan ozod etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!