Qozog‘istonlik general-mayor tergov izolyatorida o‘lik holda topildi

Qozog‘istonlik general-mayor tergov izolyatorida o‘lik holda topildi

Olmaotada korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan general-mayor Jaylaubek Xaliquli tergov izolyatorida o‘lik holda topilgan.

Olmaota va Oqmo‘la viloyatlari polisiya boshqarmasining hibsga olingan sobiq boshlig‘ining jasadi ertalab qorovul tomonidan topildi, deb yozadi Kapital.kz.

“Qamoqqa olingan Xoliquli J.ning jasadini qorovul ertalab soat 7 larda topdi. Muassasa navbatchisi zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Ko‘rilgan choralarga qaramay, sudlanuvchini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam brigadasi mexanik asfiksiya natijasida halok bo‘lganini ma’lum qildi”, — deya xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, prokuratura vakillari va viloyat IIB rahbariyati yetib kelgan. Boshqa mahbuslar bilan suhbat o‘tkazishgan. Tekshiruv natijasida unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlanmagan. “Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan ichki audit tayinlangan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi”, — deya qo‘shimcha qilgan matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!