Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan fuqarolarni ogohlikka chaqiramiz! - Tashqi mehnat migrasiya agayentligi

Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan fuqarolarni ogohlikka chaqiramiz! - Tashqi mehnat migrasiya agayentligi

So‘nggi vaqtlarda ishlash uchun Qozog‘istonga borgan yoki ushbu davlatda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va pasportni notanish insonlarga bermaslik so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON)ga murojaat etishi zarur.

☎️Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda quyidagi raqamlarga murojaat qilish so‘raladi:

🇺🇿O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17)

🇰🇿Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 115;

🇰🇿Qozog‘iston polisiyasi: 102.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!