Qozog‘istondagi 11ta avtomobil ishtirokida mudhish YTHning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istondagi 11ta avtomobil ishtirokida mudhish YTHning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

“G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘lining 544-kilometrida “Skaniya” yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi. Kuchli yong‘in tufayli avtomagistralda harakat to‘xtatildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Keyinroq yana bir fura trassada to‘xtab qolgan yengil avtomobillar va avtobus bilan to‘qnashib ketdi. Yana 4ta mashina yonib ketdi: yuk mashina, yengil avtomobil va 2ta avtobus.

YTH oqibatida bir nafar haydovchi voqea joyida vafot etdi. 9 kishi kasalxonaga yotqizildi, ulardan 3 nafari reanimasiyada.

Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlandi, zaruriy ekspertizalar tayinlandi.

Bundan avval O‘zbekiston FVV yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani, ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgani haqida xabar qildi. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!