Qozog‘istonda «Yanvar voqealari» ishtirokchilari avf etilishi mumkin

Qozog‘istonda «Yanvar voqealari» ishtirokchilari avf etilishi mumkin

Qozog‘istonda «Yanvar voqealari»da ishtirok etgan 1520 kishi afv etilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining «Amnistiya to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi asosida ishlab chiqilgan Bosh prokuratura hujjatida so‘z boradi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Yanvar voqealari» bo‘yicha ish yuritishda amnistiyaga oid 391 ta jinoyat ishi mavjud. Ularga ko‘ra, 383 nafar gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Ehtiyot choralari bo‘yicha: 153 nafar shaxsga nisbatan hech qayerga chiqmaslik, 147 nafar shaxsga nisbatan qo‘riqlash, 24 nafar shaxsga nisbatan uy qamog‘i, 19 nafar shaxsga nisbatan kafillik, 2 nafar shaxsga nisbatan shaxsiy kafillik ehtiyot choralari qo‘llanilmoqda, 28 nafar shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanmagan, 10 nafar odamga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 102 odamga nisbatan 36 ta sud ishi ko‘rilmoqda. 1035 shaxs sudlandi, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotganlar – 93 shaxs, 930 nafar shaxs esa aprobasiyada, 3 shaxsga jarima solingan, jamoat ishlariga 9 shaxs hukm qilingan.

Mavjud vaziyat va xalqaro tajribani hisobga olgan holda, muammoni hal etish bo‘yicha taklif etilayotgan chora – amnistiya», - deyiladi hujjatda.

Bosh prokuratura yengil va o‘rtacha og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to‘liq ozod qilishni taklif qilmoqda.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlarning esa jazo muddati qisqartirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan davlatga xiyonat, ommaviy tartibsizlik, uyushgan korrupsiya, terroristik va ekstremistik jinoyatlarni sodir etgan, qiynoqqa solingan va yana jinoyat sodir etgan fuqarolarga nisbatan amnistiya qo‘llanilmaydi.

Taklif etilayotgan maslahat hujjatining muhokamasi 14 oktyabrga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!