Qozog‘istonda sun’iy tamakilar rasman taqiqlandi

Qozog‘istonda sun’iy tamakilar rasman taqiqlandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev sun’iy (elektron) tamaki mahsulotlari, vaplar, atirlar va suyuqliklarni sotish va tarqatishni, shuningdek, ularni reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun davlatimiz rahbarining yoshlar o‘rtasida nikotin moddasi bo‘lgan moddalar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha bergan topshiriqlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!