Qozog‘istonda so‘nggi ikki kun ichida Rossiyadan kelayotgan migrantlar soni sezilarli darajada kamayishni boshladi

Qozog‘istonda so‘nggi ikki kun ichida Rossiyadan kelayotgan migrantlar soni sezilarli darajada kamayishni boshladi

Bugun Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov migrasiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar beradi Kazinform.

Ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov 21-28 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasidan mamlakat hududiga kelgan migrantlar soni 2-3 barobarga oshganini aytdi.

Hukumat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, faqat so‘nggi ikki kun ichida bu mamlakatdan tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada kamayishni boshlagan.

Hisobot davrida Rossiya Federasiyasining 382 nafar fuqarosi doimiy yashash uchun, 64 nafar fuqaro Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda kriminogen vaziyat barqaror. Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!