Qozog‘istonda qo‘lga olingan "o‘zbekistonlik", aslida, O‘zbekiston fuqarosi emas

Qozog‘istonda qo‘lga olingan "o‘zbekistonlik", aslida, O‘zbekiston fuqarosi emas

Qozog‘istonda qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi, aslida, o‘zbekistonlik emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida aytildi.

"Yaqinda qator ommaviy axborot vositalarida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2022 yil 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston Respublikasi) "Jibek joli" o‘tish punktida qo‘lga olinganligi haqida yangiliklar e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas", deyiladi axborotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!