Qozog‘istonda hamon davom etayotgan dahshatli yong‘inning sabablari o‘rganilyapti

Qozog‘istonda hamon davom etayotgan dahshatli yong‘inning sabablari o‘rganilyapti

Qozog‘iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning aytishicha, departament respublika janubidagi o‘q-dorilar omboridagi yong‘in sabablarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

"Biz turli sabablarni istisno qilmaymiz — xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish, kimyoviy reaksiya yoki qasddan o‘t qo‘yish yoki sabotaj bo‘lishi mumkin", dedi Yermekbayev matbuot anjumanida.

Respublika mudofaa boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan taxminan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) da, harbiy qism hududidagi omborlardan birining yonida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida yuzaga kelgan. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, omborda asosan uchish masofasi uzoq bo‘lmagan muhandislik o‘q-dorilari saqlangan.

Yong‘inni o‘chirishga maxsus texnikali o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. Respublika Prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning aytishicha, xavfsizlik uchun hukumat yaqin atrofdagi qishloqlardan aholini evakuasiya qilgan.

Avvalroq omborda portlash oqibatida o‘q-dorilar sochilib ketgani haqida video bor edi. Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar soni 60 kishiga yetgan, ulardan 11 nafari harbiylar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!