Qozog‘iston shimolida qor bo‘roni tufayli avtomobillar harakati cheklandi

Qozog‘iston shimolida qor bo‘roni tufayli avtomobillar harakati cheklangan.
“Ob-havo sharoitining yomonlashishi (qor, bo‘ron, ko‘rishning cheklanganligi) munosabati bilan Oqmo‘la, Qo‘stanay, Shimoliy Qozog‘istondagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining 22 ta qismida avtotransport vositalari harakati uchun cheklovlar joriy etildi" - deyiladi "Kazavtojol" milliy yo‘l operatori bayonotida.
Magistral yo‘llarni tozalashga 164 birlik maxsus texnika va 190 nafar yo‘l ishchilari jalb etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)