Qozog‘iston mamlakatga kiruvchi chet elliklar uchun cheklovlarni kuchaytirdi

Qozog‘iston mamlakatga kiruvchi chet elliklar uchun cheklovlarni kuchaytirdi

Koronavirus tarqalishi munosabati bilan Qozog‘iston o‘z davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha cheklov choralarini kuchaytiradi. Bu haqda respublika bosh vaziri Askar Mamin ma’lum qildi.

Koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra, Qozog‘istonda yashash uchun guvohnomaga ega chet elliklar va ularning oila a’zolari uchun, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolarining oila a’zolari bo‘lgan chet elliklar uchun mamlakatga kirish tartibi o‘zgartiriladi. «Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi shaxslar davlat chegarasini 90 sutkada ko‘pi bilan bir marta (bungacha 30 sutkada edi) kesib o‘tishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, kelasi yilning 1 mayiga qadar 57 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim to‘xtatiladi, 2021 yil 1 yanvargacha esa XXR va Hindistondan keluvchi tranzit yo‘lovchilar uchun Qozog‘iston hududida 72 soatlik vizasiz bo‘lish imkoniyatini to‘xtatish rejimi uzaytiriladi. Shuningdek, idoralararo komissiya shu yilning 9 noyabridan Turkiya bilan aviareyslar sonini haftasiga 33 dan 20 tagacha kamaytirish haqida qaror chiqardi.

Qozog‘iston SSVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 113 ming kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 106 ming nafari sog‘aygan, 1861 nafari vafot etgan. O‘tgan bir kecha-kunduzda esa 442 kishida koronavirus aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!