Qozog‘iston afg‘onistonlik qozoqlarga boshpana beradimi?

Qozog‘iston afg‘onistonlik qozoqlarga boshpana beradimi?

Qozog‘istonning beshta viloyati Afg‘onistondan ko‘chib kelgan 35 etnik qozoqni qabul qilishi mumkin. U yerda ular bir martalik 200 ming tengeni yordam va uy-joy ijarasi uchun mablag‘ olishlari mumkin.

Garchi epidemiologik nazoratga ko‘ra, barcha kelganlarda COVID testlarining natijalari salbiy bo‘lgan bo‘lsa-da, ular ikki haftalik karantinda mehmonxonada yashashadi.
Pavlodar, Kostanay, Oqmola, Sharqiy Qozog‘iston va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlari etnik qozoqlarni qabul qilishi va maxsus kvota berishi mumkin.

"Oqmola viloyati, Sharqiy Qozog‘iston viloyati, Kostanay, Pavlodar va Shimoliy Qozog‘iston viloyati - beshta viloyat, bu kelish hududlari. Biz ularga hamma narsani tushuntirdik, qonuniy ko‘rsatdik. Albatta, birinchi navbatda, ularning qayerda yashash xohish-istaklari inobatga olinadi”, deydi Olmaota shahrining ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Alkebayuli.

Ta’kidlanganidek, tarixiy vataniga kelganlar xohlagan joylarida qolishlari mumkin, lekin keyin ular kvota bo‘yicha yordamga umid qila olmaydilar.
Olmaota hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, kadrlar tayyorlash, ishga joylashtirish va moslashishga ko‘maklashish masalalari hal qilinmoqda.

9 sentyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlarining maxsus samolyoti Kobuldan 41 yo‘lovchisi bilan Olmaota aeroportiga yetib keldi, ulardan to‘rt nafari Qozog‘iston fuqarosi, bir BMT xodimi va 35 afg‘onistonlik qozoq bor edi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi avvalroq evakuasiya parvozini tashkil etish “Tolibon” harakati bilan kelishilgan holda amalga oshirilganini ta’kidlagan edi.

Prezident Qosim-Jomart Toqayevning aytishicha, Qozog‘iston Afg‘onistonning yangi hukumati bilan aloqa o‘rnatishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!