Qoyil! Noma’lum shaxs kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘ladi

Qoyil! Noma’lum shaxs kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘ladi

Turkiyaning Diyarbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do‘konidagi qarzlarini to‘ladi. Bu haqda RIA Novosti Turkiyaning NTV telekanali ma’lumotiga asoslangan holda xabar qildi.

Xabar qilinishicha, noma’lum shaxs do‘konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining  qarz daftarchasiga yozilgan  qarzlarini to‘lamoqchi ekanini aytadi.

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to‘lagan. So‘ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!