Qotillik bo‘lishi mumkin: mashhur aktrisa o‘z uyida o‘lik holda topildi

Qotillik bo‘lishi mumkin: mashhur aktrisa o‘z uyida o‘lik holda topildi

Mashhur kino va teatr aktrisasi Nina Akimova Moskvadagi kvartirasida o‘lik holda topildi.

"Moskovskiy Komsomoles" xabariga ko‘ra, polisiya hodisa joyini tekshirmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan, ammo 75 yoshli aktrisaning jasadini tekshirish davomida huquqni muhofaza qilish organlari peshona va ko‘z atrofida bir nechta jarohatlar topishgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning avgust oyida kaltaklanish bilan kasalxonaga yotqizilgan aktrisa 2020 yil noyabrida to‘satdan g‘oyib bo‘lgan.

Shu sababli Rossiya akademik yoshlar teatri direktori Sofya Apfelbaum polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!