Qoroqalpog‘istonda uyni buzayotgan 3 kishini devor bosib qoldi, ular halok bo‘ldi

Qoroqalpog‘istonda uyni buzayotgan 3 kishini devor bosib qoldi, ular halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 3 kishi devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 28 fevral kuni soat 12:30 da tumanning «Madaniyat» mahallasida yashovchi fuqaro A.A.ning eski uyi B.Q., S.L. va J.T.lar tomonidan buzilayotgan bo‘lgan. Shu paytda devor qulab tushib, uch nafar shaxs ham devor ostida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan tuman IIB TB Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!