Qoraqalpog‘istonning 6 ta tumani "svet"siz qoldi

Qoraqalpog‘istonning 6 ta tumani "svet"siz qoldi

Soat 18:44 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 110 kV kuchlanishli “L-Nukus-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Nukus shahri, Chimboy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Kegeyli va Nukus tumanlari iste’molchilari qisman (14 ming 500 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Unga qadar o‘chiq turgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Qisqa vaqt ichida ushbu hudud iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!