Qoraqalpog‘istonda nega internet o‘chirib qo‘yilgani aytildi

Qoraqalpog‘istonda nega internet o‘chirib qo‘yilgani aytildi

2022 yil 1–2 iyul kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tizimi, hududiy yaxlitligi va birligiga putur yetkazishga urinish yuz berdi. Konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha umumxalq muhokamasiga kiritilgan takliflarga qarshi norozilik bahonasida bir guruh tajovuzkor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati organlari binolarini zo‘ravonlik, otishma va kuch ishlatish orqali egallab olishga harakatlar tashkil etildi.

Ushbu noqonuniy xatti-harakatlar tinch, yagona, demokratik mamlakatda ayirmachilik, beqarorlik va bo‘linishni qo‘zg‘atishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan sabotajdan yaqqol dalolat berdi.

Dushman kayfiyatdagi kuchlar populistik shiorlarni niqob qilib olgan holda, uyali aloqa va Internet orqali soxta yangiliklarni tarqatib, fuqarolarni aksilkonstitutsiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga urindilar. Bu Internet aloqasini vaqtincha cheklash choralarini ko‘rishga majbur qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!