Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxi arzonlashganiga izoh berdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxi arzonlashganiga izoh berdi

O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashgani haqida xabar berilgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining izohiga ko‘ra, bozorlarda anchadan buyon 1 kg. piyoz (hududlardan kelib chiqqan holda) 2500 dan – 3500 so‘mgacha bo‘lgan turg‘un narxlarda sotilayotgani, dehqon va fermerlar tomonidan sotuvchilarga (ulgurji savdo) yetkazib berilayotgan piyozning o‘rtacha narxi 1500-2000 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, kuzda yig‘ib olinadigan piyoz hosildorligi 1 gektardan o‘rtacha 80 tonnani (Ohangaron, Zomin, Zarbdor, Xovos kabi piyoz yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarda 100 tonna) tashkil etadi. Har kilogramm piyoz yetishtirish xarajati o‘rtacha 800-1000 so‘mni tashkil etadi.

«Bugungi kungacha saqlash va tabiiy yo‘qotish (qurish)ni hisobga olganda 1 kg. uchun 1200-1300 so‘mga aylanadi. Shunga asoslanib, ishlab chiqaruvchi fermer sotuvchilarga yetkazib berish xarajatini inobatga olgan holda 1500-2000 so‘m atrofida sotmoqda.

Ijtimoiy tarmoq faollari aynan ushbu xabarni chiqarishda fermerlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarning saqlash omborlaridan savdoga chiqarilayotgan piyozning (o‘tgan yilgi hosil) narxini asos qilib ko‘rsatmoqdalar», deya xulosa qilinadi vazirlik izohida.

Eslatib o‘tamiz, "East-Fruit" nashri tahlilchilari piyoz narxi rekord darajada pasayganini, bu miqdor o‘tgan yili shu vaqtdagi qiymatdan 4,4 barobar past ekanini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!